AsosiyJamiyat

Boshimdan qora kunlar o`tib, bugun vazir darajasiga etdim — Ozodbek Nazarbekov

'Boshimdan qora kunlar o`tib, bugun vazir darajasiga etdim — Ozodbek Nazarbekov'ning rasmi

Madaniyat va turizm vaziri, O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ilk bor o`zining qamalgani va boshidan o`tgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Ozodbek Nazarbekov Andijon ahli bilan uchrashuvda “vazir emas, balki bir ariqdan suv ichgan Andijon farzandi sifatida tashrif buyurgani”ni ta`kidlab, andijonlik ekanidan faxrlanishini bildirgan.

“Yaxshi bilasizlar, hayotimda eng og`ir kunlar ham o`tdi, mana bugun vazir darajasiga keldim. Lekin og`ir, mudhish kunlarimda tanamda his qilgan muammolar bo`ldi. Bir oilada bir inson qamalsa, shu oilaga nima bo`lardi, o`ylab ko`ringlar? Na ota-onasiga, na farzandlariga maktabda kun bor edi. Lekin mana shu Konstitusiyadagi eng muhim o`zgarishlardan biri — bundan bu yog`iga ota bolasiga (qilmishi uchun — tahr.) javob bermaydi, bola otasi uchun javobgar emas.

Mening oilam shu qiyinchiliklarni boshidan kechirdi, bu qiyinchiliklarni ko`rdik. Shuncha qiyinchilik, boshimizdan qora kunlar o`tib, bugun vazir darajasiga etishim — bu menimcha, aynan inson qadri”, — deydi madaniyat va turizm vaziri.

Shuningdek, u O`zbekistonda inson qadri ulug`lanayotganiga o`zini yaqqol misol qilib keltirgan. “Toshkentda katta tog`am, amakim yo`q, faqatgina bugungi oqilona, adolatli siyosat mana shu minbarda turizimga xizmat qilyapti. Shuning uchun men shaxsan mazkur referendumni 100 foiz qo`llab-quvvatlayman”, — deya qayd etgan Nazarbekov.

    Boshqa yangiliklar