Ramazon yaqinlashgani sayin poytaxtimizdagi masjidlarda muborak oyga puxta tayyorgarlik ko`rish bilan birga, vakant masjidlarga yangi imom-xatiblar ham tayinlanmoqda.
Shu paytgacha Olmazor tumanidagi "Hazrati Imom" masjidida imom noibi bo`lib ishlab kelayotgan Abror domla Sayfuddinov "Oqqo`rg`on" masjidida imom etib tayinlandi.
Olmazor tumani "To`lqin Akrom o`g`li" masjidida imom noibi bo`lib ishlab kelayotgan Mirzaniyoz domla Homidzoda "Abu Bakr Qaffol Shoshiy" masjidiga imom bo`ldi.
Shu paytgacha "Shayx Zayniddin" jome masjidi imom noibi bo`lib ishlab kelayotgan Dovudxon Ubaydullaev "Said Vaqqos ota" masjidiga imom etib tayinlangandi.






