1

AQShlik o`qituvchi muammoli sinfda davomatni 40 % dan 93 % ga ko`tarishga erishdi

Dunyo 03.10.2016, 11:10
AQShlik o`qituvchi muammoli sinfda davomatni 40 % dan 93 % ga ko`tarishga erishdi

AQShning Bronks shahrida yashovchi o`qituvchi Stiven Rits (Stephen Ritz)ning hayotida dahshatli voqea (farzandi vafot etguncha) hamma narsa boshqalarnikidan umuman farq qilmasdi, deb xabar beradi “Adme.ru” nashri.

Bu fojea uni batamom boshqa odamga aylantirdi. Stiven ko`p o`tmay, o`zi yashaydigan tumandagi nobop oila farzandlarini to`plab, dars o`ta boshladi. Bu erda yashovchi bolalarning 17 % gina o`rta ma`lumot olgani haqidagi diplomga ega bo`lib, qolganlari darsga bormas va davlat imtihonlaridan o`tolmagandi.

Maktabda zo`ravonlik, ochlik hukmron edi. Stivenning 99 % o`quvchisi tekin ovqatlanishga muhtoj edi. Bronks dietologlar “oziq-ovqat mahsulotlari tanqis” deb ataydigan tumanda yashardi. Tuman aholisida tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni iste`mol qilish imkoniyati yo`q edi. Ular asosan fastfudlar bilan qorin to`ydirishardi. Noto`g`ri ovqatlanish, turli kasalliklarni, ruhiy muammolarni yuzaga keltirgandi. Shunday kunlarning birida Stivenda maktabda o`quvchilar bilan birga foydali mahsulotlarni etishtirish g`oyasi tug`ildi. U maktabda bog` va issiqxona yaratdi. Bolalar o`qish bilan birga o`z qo`llari bilan turli oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishdi. Stiven o`quvchilarini bog`dorchilik sirlari bilan ham tanishtirdi. Bunga qiziqqan o`quvchilarning davomati 40 % dan 93 % ga ko`tarilib, davlat imtihonlarini ham muvaffaqiyatli topshirishdi. O`quvchilar sinfning o`zida ham turli o`simliklarni etishtirishmoqda.

“Maktabda bolalarni to`g`ri ovqatlanishga o`rgatish asosiy vazifalardan biridir. Ular o`z mehnati samarasini ota-onasi bilan birga baham ko`rsa, bundan ortiq quvonch bormi?”, deydi Stiven.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1