“Darakchi” gazetasidagi “Qisqa va lo`nda” loyihasining bu galgi mehmoni yosh aktrisa Feruza Normatova. Aktrisa mazkur loyiha orqali qiziqarli savollarga qisqacha javob berdi.
“Havas qilgulik oilada tug`ilganman. Tez kunlarda ota-onamning oila qurishganiga 30 yil bo`ladi. Buni keng davrada nishonlashni rejalashtirganmiz. Opam, ikkita singlim va ukam bor. Kelajakda xuddi shunday tinch osuda oilaning bekasi bo`lsam deyman. Niyatim ikki o`g`il va ikki qizining onasi bo`lish. Men ham xuddi ota-onam singari, farzandlarimga o`z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasb tanlashlariga imkoniyat yaratib beraman”, —deydi aktrisa oilasi haqida.
Feruza Normatova o`zi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirar ekan:
“San`atkorlar istasa-istamasa, ular haqida turli gap-so`zlar tarqalaveradi. Buni men kasb tanlashimdan oldin bilib, tan olib bo`lganman. Menimcha, mish-mishlarni o`z hayotidan zerikkan, nima ish bilan shug`ulanishni bilmaganlar tarqatsa kerak. Men unaqalarga umuman ahamiyat bermayman”,—deya javob berdi.
Aktrisa ishtirokidagi “Qisqa va lo`nda” loyihasini “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 40-sonida o`qishingiz mumkin.





