1

Saudiyada yonib ketgan Umra ziyoratchilari orasida o`zbekistonliklar bormi?

Jamiyat 28.03.2023, 18:15
Saudiyada yonib ketgan Umra ziyoratchilari orasida o`zbekistonliklar bormi?

Biroz avval, bugun Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus halokatga uchragani to`g`risidagi xabar bergan edik. 
 Saudiya Arabistonidagi mutasaddilardan olingan ma`lumotga ko`ra, ushbu avtobusda o`zbekistonlik ziyoratchilar mavjud bo`lmagan. Bu haqda Musulmonlar idorasi ma`lum qildi. 

"Alloh taolo ushbu talofatda vafot etganlarni O`z rahmatiga olsin, jarohat olganlarga tezroq shifoi komil bersin" deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 27 mart kuni yamanlik yo`lovchilar bo`lgan avtobus Saudiya Arabistonining Abha shahridagi ko`prikdan o`tayotgan vaqtda tormoz tizimidagi nosozlik sababli engil avtomobil bilan to`qnashib yonib ketgan. Ushbu mash`um hodisa oqibatida 20 kishi halok bo`lgan, 29 kishi tan jarohati olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1