Xitoyda to`rt nafar dorboz sahna ko`rinishi ko`rsatayotgan vaqtda daryoga quladi, ulardan ikki nafari halok bo`ldi, deya xabar beradi xalqaro Xitoy radiosi (CRI).
RIA Novosti nashrining xabar berishicha, hodisa Sichuan provinsiyasida sodir bo`lgan.
Hodisa sabablari hozircha noma`lum. Artistlardan biri qutqarib qolingan, yana biri bedarak yo`qolgan.
Ayni damda qidiruv ishlari davom etmoqda. Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.





