«Litfond» auksion uyida 3,6 million rublga Anton Chexovning 23 yoshda yozgan xati sotildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Maktub u hali tanilmagan davrda, ilk kitobi chiqishidan bir yil avval yozilgan. Ushbu maktub Chexovning oilaviy do`sti Gavriil Kravsovga yo`llangan. Lotning dastlabki bahosi 2,1 million rubl deb belgilandi, savdoda uning qiymati 3,6 million rublga etdi.
Auksionda shuningdek uning ilk kitobi 1,8 million rublga sotildi.