Kersti Kalyulayd Estoniya prezidenti etib saylandi.
Mamlakat parlament saylovlarida u yagona nomzod edi. 100 nafar deputatdan 81 nafari unga ovoz berdi.
Yangi davlat rahbarini faqat uchinchi urinishda saylashdi, sababi avvalgi nomzodlar zaruriy ovoz yig`a olishmadi, deya xabar beradi Life.ru nashri.
Natijada parlament va saylovchilarning kollegiya yig`ilishida nomzod yagona bo`lishiga kelishib olindi.





