"Open budjet"ni salbiy bo`yoqlar bilan kun tartibiga olib chiqishlar bizga faqat ziyon keltiradi"
Ijtimoiy tarmoqlarda "Open budjet"ga ovoz yig`ish holatlari tanqidiy muhokamalarga sabab b...
Ijtimoiy tarmoqlarda "Open budjet"ga ovoz yig`ish holatlari tanqidiy muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Iqtisodiy mavzularni yortuvchi jamoatchilik faollarining aksariyati esa ijobiy fikrda.
Masalan iqtisodchi Botir Qobilov "Open budjet" loyihasini O`zbekistonda oxirgi yillarda sodir bo`lgan eng zo`r jarayonlardan biri deb ataydi.
"Birinchidan, o`zbekistonliklar o`z soliqlari taqsimlanishida, mahalliy saylovlarda va fuqarolik jamiyati qurishga qiziqish bildirmaydilar, biz boshqachamiz, biz unga va bunga tayyor emasmiz” mazmunidagi shablon gaplarni ba`zida eshitamiz. Shu gaplar to`g`ri emasligiga dalilni aynan "Tashabbusli byudjet” loyihasi ko`rsatib bermoqda desam ham bo`ladi. Biroz bo`lsa ham fuqarolik jamiyati paydo bo`layotgani, fuqarolar o`z soliqlari taqsimotida faollashib borayotganlari faqat va faqat yaxshi emasmi?
Ikkinchidan, aslida "Open budjet" parlament qilishi kerak bo`lgan ishni qilyapti. Byudjet, soliq to`lovchilarning pullari taqsimoti aslida uning asosiy maydonida, parlamentda xalq vakillari orqali bo`lishi kerak edi. "Open budjet"atrofidagi hozirgi faollik bizga shu jarayon keyingi bosqichda chinakamiga parlamentga ko`chishiga, tuman, hududlardan saylagan deputatlar o`z ovoz beruvchilariga nima kerak ekanligini boshqa xalq vakillari oldida bahslashib kelishishlariga va nihoyat parlament degan institut to`liq tashkil topishiga menda umid bor.
Uchinchidan, erkinlik va rivojlanishning garovi o`sha oddiy savollarda va unga javob izlashda yotadi: "soliqlarim qaerga ketayapti, nimalarga sarflanyapti? Nima uchun mening soliqlarim taqsimoti mensiz bo`lyapti?” Bu savollar sizni o`ylantirishi kerak, uni berishingiz kerak, javob izlashingiz kerak. Tashabbusli byudjetga qarshi tanqidiy fikrda bo`lganlar aytadi: “Bu narsa uchun davlat borku, bu loyihalar barchasi o`zi qilinishi kerak bo`lgan ishlarku. Biz soliqlarni to`lab qo`yganmizku, vazifamizni bajarib qo`yganmizku, endi davlat o`z ishini qilsin, axir ular maosh oladilar, axir ular bunga majbur” degan.
Ha balki, lekin davlat ota emas, u bizga hamma narsani muhayyo qilib beradigan kuch ham emas. Davlat bu odamlardan alohida tekislikda faoliyat olib boradigan idora, mavhum mashina ham emas, balki shu odamlarni o`zidan vaqtincha tayinlangan boshqaruv instituti. U samarali ishlashi uchun unga checks and balances , uning kuchi tiyib faoliyati nazoratda bo`lishi kerak. Soliq to`lovchi o`z soliqlarini vakillari orqali boshqa soliq to`lovchining vakillari bilan kelishib-baxslashib taqsimlashlari, uning ijrosini ijro hokimiyati qilish kerak ekanligi va uning ustidan nazorat bo`lishi kerak ekanligini qayta-qayta eslab turishimiz kerak.
To`rtinchidan, meni quvontirayotgan kuzatuvlardan biri insonlarda “bu bizning pulimiz, davlatniki emas, davlat bizning tumanga, qishloqqa qachon pul ajratar, qachon asfalt qilar ekan deb kutib o`tirguncha, o`zimiz shuni faolroq bo`lib qilsak bo`lar ekan” degan tushunchalar ko`paymoqda. Oddiygina raqamlarga ko`ra, bu mavsumgi loyihada shu damda qariyb 13.4 million o`zbekistonliklar ovoz beribdilar. Juda katta raqamku bu", - deydi iqtisodchi.
Otabek Bakirov ham "oxirgi 7 yilda jamoatchilik fikri va uning erkin tanlovi uchun ro`y bergan, shaxsan mening nazarimdagi, eng katta qadamdan voz kechmaslik, ortga qaytmaslik kerak" deb yozmoqda.
"Loyihada kamchiliklar bormi? Bor. Ularni ommaboplikni va qamrovni yo`qotmay turib isloh qilishda davom etish kerakmi? Kerak. Qanchalik hayratli tuyulmasin, echimlar loyihaning yanada kengayishida. Xalq 8 trillionni emas, 15 trillionni ham rasional taqsimlay oladi", deb yozgan iqtisodchi bloger.
davletovuz telegram kanali ham shu fikrlar tarafdori.
"To`g`ri, hozir "Open budjet" eng qizg`in pallaga kirgan, lekin shu masala faqat negativ tomondan mavzu qilib olib chiqilayotgani achinarli. Chunki bu biz uchun juda kerak tizim. Uni yomonotliq qilishga, uni salbiy bo`yoqlar bilan kun tartibiga olib chiqishlar bizga faqat ziyon keltiradi", - deyiladi telegram kanaldi
Samarqandda Malibu 2 haydovchisi piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostida qoldirdi. Haydovchiga nisbatan yo‘l bezoriligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Maʼlum qilinishicha, “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali komplaens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Qoʻqon shahrida nazorat tadbiri oʻtkazgan.
Bosh konsulxona ko‘magida O. V. ga “Yekaterinburg – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berilib, uning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.