1

Artroz – yosh tanlamaydigan kasallik!

Salomatlik 04.10.2016, 10:45
Teglar: Salomatlik, Tibbiyot
Artroz – yosh tanlamaydigan kasallik!

«Bir necha oy davomida tizza bo`g`inlari og`riq berdi. Bezovtaliklar ortib borgach, tekshiruvdan o`tdim. Shifokorlar bu tizza bo`g`in artrozi deyishdi. Endigina o`ttiz beshga kirgan bo`lsam, menga bu dard qaerdan yopishd, hayronman. Davolangach, kasallik yana qaytalanmaydimi?» 

Omina Hamidova, Angren shahri

Artroz – bo`g`inlar yallig`lanishi kasalligi bo`lib, dunyo statistik ma`lumotlariga ko`ra Er sharining 15-20 foiz aholisi ushbu darddan aziyat chekadi. Aniqlanishicha, aynan kuz-qish mavsumida artrozdan shikoyat qilganlar soni ortar ekan. Xo`sh, buning sababi nima? Bugun shu haqida. 

Mavzu bo`yicha tibbiyot fanlari nomzodi Baxtiyor JO`RAEV ma`lumot beradi. 

Shamollashni oyoqda o`tkazmang!

Artrozning yuzaga kelish sabablari turlicha:

gipodinamiya (kamharakatlilik), ya`ni tegishli me`yorda jismoniy og`irlikning yo`qligi bois mushaklarning zaiflashuvi;
tana vaznining ortishi tufayli bo`g`inlarga ortiqcha og`irlik tushishi;
Sun`iy dori-darmonlarni ko`p qabul qilish,
noto`g`ri ovqatlanish,
shamollashni tik oyoqda o`tkazish kabilar bo`g`in yallig`lanishiga olib keladi.

ShUNINGDEK
Bo`g`inlar jarohatlanishi, moddalar almashinuvining buzilishi hamda qalqonsimon bez xastaliklari ham artrozni yuzaga keltirishi mumkin. Ko`rib turganingizdek, omillar u qadar vahimali emas. Har birimiz kundalik hayotda to`qnash keladigan holatlar. Shunday ekan, xastalanishimizga kim aybdor? 

Kasb kasalligi ham ...
Bo`g`inlarga zo`riqish tushadigan kasblarda faoliyat yuritadiganlar masalan, sportchi yoki raqqosalarda artroz ko`proq kuzatiladi. Chunki ularning mehnat faoliyatlari aynan bo`g`inlarning o`ta faolligini talab qiladi. 

Kuz-qish mavsumida havo harorati keskin pastlaydi. Bu esa yallig`lanish jarayonlarining yuzaga chiqishi uchun sharoit yaratadi. Shu sababli ilgari bezovta qilmagan og`riqlar ham sovuq mavsumda avj olishi mumkin. 

Qaysi bo`g`inlar xavfda?
Artrozda asosan yirik (tizza, chanoq-son, boldir-tovon, bilak) hamda mayda bo`g`inlar, xususan, umurtqa pog`onasi bo`g`inlari (spondiloartrit) zararlanadi. Og`riqdan shikoyat qilgan bemorlarning aksariyati tananing pastki yarmi, tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan bo`g`in, tizza bo`g`iniga urg`u berishgan. Qo`llarda esa bilak va barmoq suyaklaridagi og`riq ko`proq tilga olinadi. 

Yoshu qarida ham bir xil...
Artroz belgisi asosan og`riq bilan tasnif etilsa-da, ko`pchilik uni oddiy shamollash, lat eyish yoki tuz yig`ilishi bilan adashtiradi. Vaholanki, artroz «tilini» tushunish uchun og`riq qachon yuz berayotgani va bo`g`in atrofi terisiga ahamiyat berish lozim. Agar sizda artroz bo`lsa, bezovtaliklar asosan kechqurun va ertalab kuzatiladi. Tinch holatdan keskin harakatlanganda noqulaylik tug`iladi. Eng ko`p uchraydigan holat esa zinadan yuqoriga ko`tarilish. Aynan shunda bo`g`inlar salomatligini tahlil qilsa bo`ladi. Qolaversa, tez-tez bo`g`inlar qirsillashi ham artroz alomatlariga ishora qilishi mumkin. Bo`g`in atrofi to`qimalarida qizg`ish, biroz shishgan dog` yuzaga kelishi esa kasallikning yaqqol belgisidir. Odatda shish usti paypaslansa issiq harorat sezilib, og`riq beradi. Bordiyu shu holatgacha etib kelgan bo`lsangiz, darhol shifokorga murojaat qilishingiz zarur. 

Diqqat qiling!
Ma`lumotlarga ko`ra, artrozning keng tarqalgan turi tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan bo`g`in koksartrozi hisoblanadi. Undan keyingi o`rinda esa tizza bo`g`in artrozi turadi. Umurtqa pog`onasi artrozi esa harakatni cheklab qo`yishi evaziga jiddiy sanaladi. Qo`l bilak va barmoqlaridagi artroz odatda u qadar ahamiyatli emasdek tuyuladi. Ammo davolanmasa, surunkali og`riq xurujini keltirib chiqarishi mumkin. 

Siz albatta sog`ayasiz
 To`g`ri, xastalik nomi biroz tahlikaga soladi. Ammo o`z vaqtida murojaat etilsa, davolash oson va samarali. Shifokor umumiy ahvolingiz, shikoyatlaringizdan kelib chiqib, rentgen tekshiruvi, qon tahlili, gistologik tahlillar o`tkazishi mumkin. Aniqlangan xulosalarga ko`ra zarur muolaja turi tanlanadi. Asosiysi davolangandan keyin ham sog`ligingizni ehtiyot qiling. Og`ir yuk ko`tarish, tanani zo`riqtirish, yugurush, og`ir jismoniy mehnat qilish mumkin emas. Shu bilan birga shamollash holatlariga sergak bo`lish lozim.

Zamonaviy muolajalar...
Bugun artrozni davolashda bir qancha muolaja usullari joriy qilingan. Xususan:
shifokor ko`rsatmasi bilan yallig`lanishga qarshi preparatlar;
fizioterapiya – suyaklar bo`g`in atrofi to`qimalariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi;
mikroto`lqinli terapiya – to`lqinlar zararlangan bo`g`inlarga ta`sir etadi;
ultrato`lqinli terapiya – og`riq sindromini engillashtiradi;
shu qatorda elektrofarez, lokal baroterapiya va metabolik terapiya usullari ham bor. 

N.Ilyosova tayyorladi

Sharhlar

Меҳмон 26.11.2022, 17:14
По русскому можно писать
Меҳмон 17.04.2022, 11:36
Рахмат
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

29.03.2021, 18:15

Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba...
Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

09.11.2019, 23:59

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1