Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo`lishga majburlagani haqida xabar berilgandi.
Prezident administrasiyasi sho`ba mudiri Saida Mirziyoeva holat yuzasidan munosabat bildirib, Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida e`tibor qaratib, sinchiklab o`rganishni va huquqiy baho berishni so`ragan edi.
Bosh prokuraturaning bayonotiga ko`ra, Xorazm viloyatidagi holat bilan bog`liq jinoyat ishi bo`yicha chiqarilgan sud hukmi va appelyasiya instansiyasining ajrimlari qonuniyligi o`rganilgan.
29 mart kuni sudlangan A.Masharipov va A.Kuryazovlarga engil jazo tayinlanganligi va boshqa holatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati kassasiya instansiyasi sudiga protest keltirilgan.






