Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo`lishga majburlagani haqida xabar berilgandi.
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarda keng tarqalib, jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo`lgach, Bolalar Ombudsmani Xorazm viloyatidagi oilaviy mehribonlik uyidagi jinsiy zo`ravonlikka uchragan voyaga etmaganlar holatini o`rganayotganligini ma`lum qildi.
"Bolalar Ombudsmani bolalarga nisbatan qo`llanadigan har qanday jinsiy jinoyatlarga og`ir jazo turlarini qo`llash kerak degan pozisiyada.
Bola huquqlari bo`yicha vakil holatni nazoratiga oldi va ishga oid barcha hujjatlarni o`rganmoqda" , - deyiladi bayonotda.






