AsosiyDunyo

Hindistonlik ayol tug`ruqdan so`ng 2 barobar kichraydi

Hindistonda yashovchi Shanti Devi ismli ayol uchinchi farzandini dunyoga keltirganidan so`ng kam uchraydigan kasallikka chalindi, deb yozadi “1news.az”.

Ayolning bo`yi va vazni 2 barobarga kichraydi. 

25 yil avval Shanti boshqalardan farq qilmaydigan ko`rinishda edi. Biroq uchinchi farzandini dunyoga keltirganidan so`ng hammasi o`zgardi. U noma`lum kasallikka chalindi. Hozir uning bo`yi 60 santimetr. 

Ayol boshini, qo`l va oyoqlarini harakatlantira olmaydi. Uning qo`l va oyoqlari qotib, kichrayib ketgan.  Ayolning umri to`shakka mixlangan holda o`tmoqda. 

Shanti Deviga bolalari qaraydi. U 20 yildan beri mazkur noma`lum kasallikdan aziyat chekadi. 

Uning aytishicha, butun badani qaqshab og`riydi. 

Ayolning turmush o`rtog`i Gangacharan Kushvaxa xotini uchinchi farzandini dunyoga keltirguniga qadar sog`lig`idan shikoyat qilmaganini ma`lum qildi. 

Tug`ruqdan keyin u kuchsizlanib qoldi. Ma`lum muddat o`tganidan so`ng esa u suyaklaridagi kuchli og`riqdan shikoyat qila boshladi.

Ayolning bo`yi tobora pasayib borardi. Turmush o`rtog`i uni shifokorlarga olib bordi, biroq hech kim unga aniq tashxis qo`ya olmadi. 

Mahalliy terapevt Pankaj Srivastavaning aytishicha, ayol osteogenez kasalligiga chalingan. Kam uchraydigan bu kasallik “billur odam kasalligi” deb ham ataladi.  Bunda suyaklarda kollagen etishmasligi tufayli ular sinuvchan bo`lib qoladi.

Boshqa yangiliklar