Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xodimi fevral oyida qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlik axborot xizmati bu bo`yicha ma`lumot berdi.
Xabarga ko`ra, sobiq xodim X.R. hamkasblari sha`ni va qadr-qimmatini kamsituvchi ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelgani aniqlanib, materiallar tegishli huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.






