AsosiyJamiyat

O`zbekistonda biologik parchalanadigan paketlar ishlab chiqarilishi mumkin

'O`zbekistonda biologik parchalanadigan paketlar ishlab chiqarilishi mumkin'ning rasmi

Ma`lumki, 2024 yil 1 yanvardan O`zbekiston Respublikasi hududida qalinligi 100 mikrondan kam bo`lgan polimer paketlarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi. Bu plastik rulonli paketlar va biologik parchalanadigan xo`jalik sumkalariga taalluqli emas. Ushbu talablarni buzish ma`muriy javobgarlikka sabab bo`ladi. Xo`sh, O`zbekistonda biologik chiruvchi paketlar ishlab chiqariladimi, bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda, bunday mahsulotlarning ishlab chiqarilishi bizga nima beradi? Darakchi.uz muxbiri Tabiat resurslari vazirligi qoshidagi ilmiy laboratoriyada bo`lib, yuqoridagi savollarga javob oldi.

Endilikja chiqindilarning atrof-muhitga etkazadigan zarari miqdori aniqlanib, tartibga solinadi. Yuqoridagi chora-tadbirlar, o`z navbatida, polietilen paketlar bilan atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda O`zbekistonda polietilen paketlarni qayta ishlash bo`yicha 101 ta korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Maishiy va poligon chiqindilarining asosiy qismini plastik paketlar tashkil qiladi.

Shuni ta`kidlash kerakki, plastik paketlar biologik parchalanmaydi. Ular o`rtacha 25 daqiqa davomida ishlatiladi va keyin tashlanadi. Plastik paketlar faqat 100-500 yildan keyin parchalanadi.

Plastik paketlar insoniyat tomonidan ishlab chiqarilgan chiqindilarning 7-10 foizini tashkil qiladi. Engil paketlar shamol ta`sirida uzoq masofalargacha uchib boradi, daryolar, o`rmonlar va tog`larni, shu jumladan, aholi punktlarini ifloslantiradi. Ularda dioksinlar, kanserogenlar kabi ko`p miqdorda zararli moddalar mavjud. Qo`rg`oshin plastik paketlar ishlab chiqarishda ishlatiladi va juda zaharli hisoblanadi. Uning inson tanasida to`planishi ko`plab kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari, polietilen paketlarni yoqish paytida juda ko`p zararli moddalar ajralib chiqadi.

Yuqoridagi oqibatlarga yo`l qo`ymaslik va atrof-muhit ifloslanishining oldini olish maqsadida polimer texnologiyasi bo`yicha muhandis Abduforux Hidoyatov xorij tajribasini va O`zbekistonda qo`llaniladigan biologik parchalanadigan plastmassa ishlab chiqarish usulini o`rgandi.

“Biologik parchalanadigan plastmassa kraxmal, polilaktik kislota, poligidroksialkanoatlar, sellyuloza va lignindan tayyorlanadi. Materialning barcha komponentlari biologik parchalanadi va tabiiy ravishda suv va mikrobial fermentlarga gidrolizlanadi. Reaksiyadan so`ng molekulyar og`irligi pasayadi va nihoyat mikroorganizmlar uchun ozuqa sifatida ishlatiladi”, - dedi A.Hidoyatov.

Biologik parchalanadigan polimerlarning (tuproqdagi biologik faol bakteriyalar) xarakterli xususiyati shundaki, ular boshqa plastmassalardan farqli ravishda oson parchalanadi, natijada tabiiy muhitda mikroorganizmlar tomonidan suv va karbonat angidridga ajraladi.

Sun`iy polimer materiallari biologik parchalanmaydi, chunki ular atrof-muhitda o`nlab yillar davomida qoladi. Plastmassa, kauchuk va elim kabi keng tarqalgan polimerlarning mavjudligi biologik parchalanadigan polimerlarga o`tishni sekinlashtiradigan asosiy sabablardan biridir.

Biologik parchalanadigan polimer materiallarni yaratish va ulardan foydalanish iqtisodiy va ekologik manfaatlarga qaratilgan:

– har yili hajmi ortib borayotgan plastik chiqindilar qayta ishlanadi;

– qayta tiklanadigan xomashyodan polimerlarning arzonligi;

– ekologik vaziyatni yomonlashtiradigan sintetik polimerlarga bo`lgan ehtiyojni kamaytiradi;

– o`tgan avlod polimer materiallarini biologik parchalanadigan polimerlar (BPM) bilan almashtirishda issiqxona bug`lanishini 15-60% ga kamaytiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar