1

Kusherbaev "Activist"ga "ko`pirtirilgan" ayb qo`yilib, adolatsizlik qilingan, degan fikrda

Jamiyat 09.04.2023, 10:17
Kusherbaev "Activist"ga "ko`pirtirilgan" ayb qo`yilib, adolatsizlik qilingan, degan fikrda

Kusherbaev "Activist"ga "ko`pirtirilgan" ayb qo`yilib, adolatsizlik qilingan, degan fikrda. U Xojiakbar Nosirovni qamalishi bilan bog`liq holatga munosbatini "Diniy adovatmi yoki shaxsiy adovatmi?" deb nomladi.

"Activist loyihasi asoschisi Xojiakbar Nosirov men kuzatib boradigan kam sonli blogerlardan biri.  

Kecha uning 15 sutkaga qamalganini eshitib, bu voqeaga doir barcha xabar va munosabatlarni kuzatdim. Va blogerga "ko`pirtirilgan" ayb qo`yib, adolatsizlik qilingan, degan fikrga keldim", - deydi jamaochilik faoli.

Rasud Kusherbaev fikrlarini asoslantiruchi beshta faktni keltiradi.

"Birinchidan, blogerning yogurtlar bo`yicha bildirgan fikri, ya`ni yogurtlar tarkibida karmin moddasi bor yo`qligiga oydinlik kiritilmagan. Agar u aytgan yogurtlar tarkibida shunday modda bo`lib, bu islom diniga e`tiqod qiluvchilar uchun iste`molda mumkin emas bo`lsa, bloger haqiqatni aytgan bo`lib chiqadi.  

Ikkinchidan, biror bir mahsulot tarkibida musulmonlar uchun halol yoki harom modda bor yoki yo`qligi haqida ma`lumot berganlik, gapirganlik qachondan beri diniy adovatni uyg`otadigan bo`lib qoldi? Qator kolbasa va boshqa oziq ovqatlar haqida halol so`zini ishlatib reklama tarqatganlar unda nima uchun shu vaqtgacha javobgar bo`lishmagan?

Uchinchidan, blogerning aynan qaysi gap yoki harakati jamiyatda diniy adovat uyg`otgani tegishli mutaxassis va ekspertlar tomonidan tasdiqlandimi? Bunga oydinlik kiritilmagan.

To`rtinchidan, blogerning yogurt haqidagi fikri ishlab chiqaruvchiga zarar etkazgan, deb hisoblagan taqdirda kompaniyalar blogerni sudga berishi mumkin. Bu jarayonga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bir tomonning yonini olib aralashishi kerakmas.

Beshinchidan, "IIB xodimiga bo`ysunmaslik", degan modda istagan odamni ichkariga olib kirish uchun ishlatiladigan ayrim orsizlarning "dejurny statyasi"ga aylanib qolgani uchun, bu modda "straxovka" uchun qo`yilgan, degan fikr tug`ilmoqda. Agar diniy adovat moddasi sinsa, ushbu modda zaxirada tursin uchun.

Yuqoridagilarga ko`ra, Activist loyihasi asoschisiga berilgan jazoda diniy adovatdan ko`ra ko`proq shaxsiy adovat borga o`xshaydi",  - deydi Kusherbaev.

Ayni paytda Kanadada yashovchi vatandoshimiz, bloger Farhod Fayzullaev normal davlatlarda hokimiyat har narsaga burnini suqavermasligini, yogurtni halolmas deb chiqsa, o`sha yogurt ishlab chiqaruvchi bloggerni sudga berishini qayd etadi. 

 "Sud ishni o`rganib, jarima belgilashi mumkin. Ammo hech qachon, hech qachon bunday ishlarda qamoq jazosi qo`llanilmaydi.

Ëki yana “suhbat uchun” opkirib ketish ham mumkin. Bir kun odamdan darak bo`lmaydi, telefoniniyam olib qo`yishadi, uyiga ham xabar berishmaydi. Uydagilari yuragini hovuchlab, nima qilishini bilmay, infarkt bo`lay deb o`tiradi.

Odamga o`xshab, tergov bo`lsa, oldindan chaqirib, uydagilariga aytib qo`yishga imkoniyat berib, tergov davomida vaqti-vaqti bilan yaqinlariga xabar berib turishga imkoniyat yaratishsayam bo`lardi. Lekin unda maqsad — qo`rqitish — amalga oshmay qoladi-da", - deydi u.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1