G`arbiy Avstraliyaning Kimberli okrugidagi suv havzalaridan birida oila a`zolari bilan birga cho`milayotgan 14 yoshli Kemeron Timms (Cameron Timms)ga chuchuk suvda yashovchi timsoh hujum qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Bu videorolik Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilgan, uni 21 mingdan ortiq odam tomosha qilgan. Videoda bir yarim metrlik yirtqichning hech nimani sezmay cho`milish bilan ovora bo`lgan odamlarning oldiga suzib borgani aks etgan va shu erda kamera o`chgan. “Biz nima voqea yuz berganini keyin tushundik. Yonimda ekshen-kamera borligi uchun suv ostini suratga olmoqchi edim va timsohni ko`rdim. Bizning fikrimizcha, hammasi tasodifan ro`y berdi, chunki chuchuk suvda yashovchi timsohlar insonga hujum qilib, hayotiga xavf solmaydi”, deb ma`lumot berdi bolaning otasi.
Uning so`zlariga qaraganda, timsoh bolaning tirsagi va qorniga tish botirgan.