1

Alsgeymer kasalligiga chalingan britaniyalik ayol har doim o`zini baxtli his qiladi

Dunyo 05.10.2016, 12:34
Alsgeymer kasalligiga chalingan britaniyalik ayol har doim o`zini baxtli his qiladi

Ayol yashayotgan har bir daqiqasi uchun xursand bo`ladi, deb xabar berdi “Nealth.mail.ru”  nashri.

65 yoshli Morin Barnett (Maureen Barnett) turmush o`rtog`i Terri (Terry) bilan Buyuk Britaniyada yashaydi. Ular yaqinda to`ylarining 45 yilligini nishonlashdi. Morin aksariyat odamlar umri davomida intiladigan, yashayotgan har bir kunidan, har bir daqiqasidan mamnun bo`ladigan holatga etishdi. U har doim o`zini baxtli his etib, xushkayfiyatda yuradi.

Ayol hech qachon meditasiya bilan shug`ullanmagan, psixoterapevt bo`lib ishlamagan. 2003 yilda tomir demensiyasi xastaligi tufayli tildan qoldi, 2013 yilda esa Alsgeymer kasalligiga chalinib, bu ikki kasallik kutilmagan oqibatga olib keldi.  

Morin Barnett ilgari ijtimoiy ta`minot xodimi bo`lgan. U har doim, yuzida tabassum bilan odamlarga yordam bergan. Kasallik esa uning bu xususiyatini battar kuchaytirgan. Uning qizi, 39 yoshli Mishel Pattenden (Michelle Pattenden)ning aytishicha, ilgarilari onasi bilan ko`p marotaba tortishib qolgan, ammo hozir onasining yuzidan kulgi, xushkayfiyat arimagani bois, ular hech qachon janjallashmas ekan.

Mishel har doim kulib yurish ham ba`zida odamni noqulay ahvolga solib qo`yadi deb hisoblaydi. Morinning onasi vafot etganda, uning yig`lash o`rniga kulib turishi qarindoshlariga yoqmagan. Ammo uni bunday holatda to`g`ri qabul qilib, tushunish lozimligini ta`kidladi.

Mishel onasining hayotida ro`y bergan voqea haqida Facebook da Minding Mo — Our Journey into Dementia & Alzheimer's nomli sahifa tashkil etgan. Bu erda u ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini oilasidagi yangiliklar bilan tanishtirib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1