AsosiyJamiyat

Sergelida er usti metro qurilishi bu yil boshlanadi

Toshkentda «Olmazar» metro stansiyasidan Sergeli tumanining «Yo`ldosh» mavzesiga qadar davom etadigan er usti metro tarmog`i qurilishi to`rt yil davom etadi. Bu haqda chorshanba kuni Sergeli tuman hokimi Furqat Maqsudxo`jaev matbuot anjumanida ma`lum qildi.

Poytaxt metropolitenining Chilonzor yo`nalishi davomi qurilishini loyihalashtirishni tezlashtirish vazifasi O`zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoevning 25 sentyabrda tumanga tashrifi chog`ida qo`yilgan edi.

Furqat Maqsudxo`jaevning aniqlik kiritishicha, yangi yo`nalish uzunligi 8 km ni tashkil etib, unda oltita stansiya faoliyat ko`rsatadi. Tarmoqning 6 kilometri er ustida joylashadi.

Yo`nalish Choshtepa, Mirzo Tursunzoda va Qipchoq ko`chalari bo`ylab «Yuldosh» mavzesidagi Marli ko`chasiga qadar davom etadi. Qurilish ishlari joriy yilda loyiha ishlanmasi yakunlanishi bilanoq boshlanadi.

Tuman hokimining qo`shimcha qilishicha, bir vaqtning o`zida Qipchoq ko`chasida Toshkent halqa avtomobil yo`liga olib chiquvchi temir yo`l o`tkazgichi bo`lgan 12-qatorli 10 kilometrlik yangi avtomobil yo`li qurilishi ham boshlanadi.

Boshqa yangiliklar