Xonanda Botir Qodirov o`n sakkizinchi bor tashkil etilgan Pekin xalqaro turizm festivalida oliy mukofotni qo`lga kiritdi, deya xabar beradi “Daryo.uz” nashri.
Ma`lum qilishlaricha, festival davomida Botir Qodirov jamoasiga ijodiy hamkorlik masalasida, Shanxay, Xunan va Pekindagi boshqa xalqaro festivallarda qatnashish, Yaqin Sharq va Evropa bo`ylab bir oylik musiqiy turne uyushtirish bo`yicha takliflar tushgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Pekindagi xalqaro turizm festivalida xonanda Botir Qodirovning jamoasidan tashqari, «Sirdaryo navolari» raqs dastasi va taniqli raqqosa Parizoda ishtirokidagi ansambl ham ishtirok etayotgani haqida xabar berilgan edi.





