Rossiyaning mobil telefonlarni pardozlashga ixtisoslashgan Caviar kompaniyasi maxsus iPhone 7 kolleksiyasini chiqardi. Limitlangan lineyka Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tavallud ayyomiga bag`ishlanadi.
Mazkur model Supremo Putin Damascus deb nomlanib, unga davlat rahbarining portreti tushirilgan. Telefon dizayni ikkita variasiyada taqdim etildi: titanli gamma hamda tilladan yasalgan qo`shimchalarda.
Gadjetlar 128 va 256 gigabayt xotiraga ega. Yangi telefonlarning narxi 207 ming rubldan boshlanadi va 232 ming rublga etadi. Telefonlarning adadi 64 nusxada.
7 oktyabr kuni Vladimir Putin 64 yoshni qarshi oladi.


