AsosiySport

JCh–2018 saralashi. Bugun O`zbekiston Eronga qarshi bahs olib boradi

Bugun, 6 oktyabr kuni futbol bo`yicha 2018 yilgi Jahon chempionatiga uchinchi saralash bosqichi 3-turida O`zbekiston terma jamoasi Eron futbolchilariga qarshi bahs olib boradi.

“A” guruhidan o`rin olgan vakillarimiz dastlabki ikki o`yinda Suriya va Qatarni bir xil – 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, 6 ochko bilan birinchi o`rinda bormoqda. Eron O`zbekiston uchun prinsipial raqib hisoblanadi va ushbu o`yinda ochko yo`qotmaslik muhimdir.

Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida, mahalliy vaqt bilan 18:00 da start oladi. O`zbekiston terma jamoasiga omad tilab qolamiz. 

Boshqa yangiliklar