1

Choy taqiqlanadi, bo`tqalar esa oz-ozdan navbat bilan... SSV bir yoshgacha bo`lgan bolalarning qo`shimcha ovqatlanishi bo`yicha tavsiyalarni ishlab chiqdi

Salomatlik 24.04.2023, 11:28
Choy taqiqlanadi, bo`tqalar esa oz-ozdan navbat bilan... SSV bir yoshgacha bo`lgan bolalarning qo`shimcha ovqatlanishi bo`yicha tavsiyalarni ishlab chiqdi

Sog`liqni saqlash vazirligi “Bolaning sog`lom ovqatlanish haftaligi” doirasida bir yoshgacha bo`lgan bolalarning qo`shimcha ovqatlanishi bo`yicha tavsiyalarni ishlab chiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Undan ota-onalar uchun bir qator muhim va kerakli maslahatlar o`rin olgan.

Xususan:

Chaqaloq olti oyga to`lgach, shifokor tavsiyasi asosida unga ona sutidan tashqari bo`tqa, sharbat va pyure ko`rinishida qo`shimcha ozuqalar berish mumkin. Sababi tez rivojlanayotgan murg`ak organizmning ehtiyojlari ona suti bilan to`la qoplanmaydi.

Go`dakni qo`shimcha taom bilan ona sutidan oldin oziqlantirish kerak. Bolaga bunday egulik ikki hafta davomida berilgach, uchinchi haftadan bir martalik qo`krak bilan ovqatlantirish o`rniga almashtiriladi. Ular tarkibi sabzavot bo`tqalaridan tashkil topgan bo`lishi lozim.

Dastavval, bo`tqa oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik kerakli miqdorga asta-sekin etkaziladi. Shuni yodda tutish lozimki, bu yoshdagi go`dakka bir paytning o`zida ikkita qo`shimcha taom berilmaydi. Bola birinchi qo`shimcha ozuqaga ko`nikkach, ikkinchisiga o`tish mumkin.

Kichkintoy 7 oylik bo`lgach, unga ikkinchi qo`shimcha taom – bo`tqalar (mannali, grechkali) berilib, 2 hafta ichida ikkinchi galdagi ona suti u bilan almashtiriladi. Ushbu davrda qaynatilgan tuxum sarig`ining yarmini haftasiga ikki marta, keyin kunora berish mumkin.

Bola 8 oyga to`lganda taomnomaga uchinchi  qo`shimcha egulik sifatida qatiq va tvorog kiritiladi. Dastlab, qatiq oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik esa kerakli miqdorga asta-sekin etkaziladi.  

9-oydan boshlab non (pechenelar), olmani bo`lakcha shaklida berish mumkin.

10-oylikdan boshlab go`sht qiymasi frikadelkalar;  

12-oylikdan – bug`da pishgan kotletlar beriladi.  

Bolaga choy berish maqsadga muvofiq emas. Uning o`rniga meva sharbati, qaynatilgan suv ichiriladi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1