AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida qarz evaziga berilgan pullardan foizni talab qilgan jinoiy guruh qo`lga olindi(video)

'Toshkent viloyatida qarz evaziga berilgan pullardan foizni talab qilgan jinoiy guruh qo`lga olindi(video)'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB Tezkor-qidiruv xizmati va DXX xodimlari tomonidan qarz evaziga berilgan pullardan foiz sifatida 1000 AQSh dollarini tovlamachilik yo`li bilan talab qilgan jinoiy guruh ushlandi. 

IIVning ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro "Imperator" laqabli tanishidan bir oyda qaytarish sharti bilan 3800 AQSh dollar qarz olgan.

Fuqaro ushbu pullardan 3600 AQSh dollarini qaytarib, qolgan 200 AQSh dollarini qaytarish vaqtini o`tkazib yuborgan. Shuning uchun uni "ko`cha echimi"  bilan hal etuvchilar 200 AQSh dollariga yana 1000 AQSh dollari qo`shib berishini talab qilgan.

Chorasiz qolgan qarzdor Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Joriy yilning 17 aprel kuni Toshkent viloyati IIBB TQX va DXX xodimlari hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazilgan. Natijada jinoiy guruh ariza muallifidan yuqoridagi pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan. Jinoiy guruh etakchisi muqaddam 6 marotaba sudlanganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan 7 nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar