"Boeing 787 Dreamliner" bortida chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik.
Bola 12 200 metr balandlikda, Istanbulga qo`nishga 50 daqiqa qolganida tug`ilgan. Ma`lum bo`lishicha, chaqaloqning onasiga klinikadan ketishiga ruxsat etilgan, bola muddatidan oldin tug`ilgani uchun klinikada, shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
"Uzbekistan Airways" AJning Turkiyadagi vakili yosh ota-onalar bilan uchrashib, aviakompaniya nomidan esdalik sovg`a va guldasta taqdim etib, transport bilan ta`minladi. Bolaga Muhammad deb ism qo`yilgan.
""Uzbekistan Airways" unga mustahkam sog`lik va hayotda o`zi tug`ilish baxtiga muyassar bo`lganidek yuqori cho`qqilarni zabt etishini tilaydi", - deyladi xabarda.






