Aktyor Javohir Zokirov opasi, xonanda Nargiza Zokirovani tug`ilgan kuni bilan tabrikladi.
“Tug`ilgan kuningiz bilan mening zamonaviy, sevimli opam Nargiz! Sizga sevgi-muhabbat, baxt, sog`liq va tuganmas kuch-quvvat, ilhom tilayman. Sizning eng yaqinlaringiz sizni sevishadi va siz bilan faxrlanishadi.
Sizni buvim Bibi Maryam deb chaqirardi, oilangiz hech qachon g`am va dard ko`rmasin”,—deb yozdi Javohir Zokirov o`zining Instagram`dagi sahifasida.





