Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 3-turida Eron futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tgan o`yinda eronliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. O`yinning 27-daqiqasida Jalol Husayni jarima zarbasidan uzatilgan to`pni boshi bilan Aleksandr Lobanov darvozasiga kiritdi. O`yin davomida hisob o`zgarmadi va Eron 3 ochkoga ega bo`ldi.
"A" guruhida Janubiy Koreya va Eron terma jamoalari 7 ochkodan to`plagan holda 1 va 2-o`rinlarni egallab turibdi. O`zbekiston 6 ochko bilan uchinchi o`ringa tushdi.
JCh–2018 saralashi. “A” guruhi, 3-tur
O`zbekiston – Eron 0:1
Gol: J.Husayni (27)
O`zbekiston: 21. Aleksandr Lobanov, 2. Egor Krimes , 5. Anzur Ismoilov, 7. Aziz Haydarov, 8.Server Jeparov (15. Aleksandr Geynrix, 40), 10. Sardor Rashidov, 11. Igor Sergeev, 18. Otabek Shukurov, 19. Vitaliy Denisov, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 23. Eldor Shomurodov
Eron: 12. Alirizo Bayranvand, 3. Ehson Xojisafi, 4.Jalol Husayni, 5. Milod Muhammadi, 6. Said Izzatullohi, 7. Ma`sud Shojai, 8. Murtazo Purilaganji, 11. Vohid Amiri, 16. Rizo Guchannajod, 17. Mehdi Taremi, 23. Ramin Rizoyan





