AsosiyJamiyat

Endi daraxtlarni shikastlantirganlar ham, bu borada loyihalar tayyorlaganlar ham javobgarlikka tortiladi

'Endi daraxtlarni shikastlantirganlar ham, bu borada loyihalar tayyorlaganlar ham javobgarlikka tortiladi'ning rasmi

Bugun, 3 may kuni, Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirqinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda. 

Majlisida muhokama qilingan “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar va qo`shimcha kiritish haqida”gi Qonunga muvofiq daraxt va butalarni, boshqa o`simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo`q qilganlik yoki boshqa joyga ko`chirib o`tkazganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda. 

Bundan tashqari, ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida ushbu huquqbuzarliklarni takror sodir etilgan uchun o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olish choralari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, endilikda daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo`q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma`muriy javobgarlik ham kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, noqonuniy daraxt kesganlik yoki kundakov qilganlik uchun Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 4 ta moddasida ma`muriy javobgarlik belgilangan. Mazkur moddalarda bir xil ma`muriy huquqbuzarlik uchun turli miqdordagi jarimalar va nomutanosiblik mavjudligi inobatga olinib, o`zgartishlar orqali bir turdagi ma`muriy xuquqbuzarlikka nisbatan bitta moddada bir xil javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Ta`kidlanganidek, mazkur Qonunning qabul qilinishi daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesilishi, kundakov qilinishi, shikastlantirilishi yoki yo`q qilinishi bilan bog`liq ma`muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning mas`uliyatini oshirish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va davlat ekologik nazoratining samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar