Amerikalik xonanda Ledi Gaga o`zining sharafiga yaratilgan Monster High qo`g`irchog`ini namoyish qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
O`yinchoq “Zombi Gaga” deb ataldi. Qo`g`irchoqni qo`shiqchining opasi Natali Jermanotta yaratgan. Ledi Gaganing Born This Way klipi uni ilhomlantirib, qo`g`irchoq yaratishiga sabab bo`lgan.
Qo`g`irchoqning pushtirang sochlari tepasiga yig`ilgan. U xuddi Ledi Gaga kabi qora kostyum kiygan, qora ko`zoynak taqqan va pushtirang saqich chaynaydi. Qo`shimcha libos ham ilova qilingan.
Qo`g`irchoqning bahosi $29,99 deb belgilangan, 17 oktyabrdan boshlab, sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.