AsosiyDunyo

Xitoylik sayyohlar besh kunlik dam olish uchun 60 milliard dollar pul sarfladi

Xitoyliklar Xitoy xalq respublikasi tashkil topgan kun munosabati bilan e`lon qilingan besh kunlik bayram ta`tili vaqtida sayohat uchun 60 milliard dollar pul sarflashdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Hali bayram ta`tili tugamaganligi bois, bu miqdor oshishi ham mumkin. Oktyabr oyining birinchi besh kunligida 589 nafar xitoylik mamlakat bo`ylab, 6 million nafari esa chet elga sayohatga chiqqan.

Xitoydagi Ctrip nomli yirik turoperatorning ma`lum qilishicha, bu yil aksariyat xitoyliklar Koreya respublikasi, Tayland, Yaponiya, Indoneziya, AQSh, Singapur, Vetnam, Malayziya, Maldiv orollari va Rossiyada dam olishni ma`qul ko`rishgan. 

2015 yil yakuniga ko`ra, Xitoyda xalqaro turizm sohasining daromadi $114 milliardga ko`tarilgan. Xitoy sayyohlik ko`rsatkichi bo`yicha jahonda ikkinchi o`ringa chiqdi.

    Boshqa yangiliklar