AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev FIFA rahbari bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev FIFA rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xalqaro futbol federasiyasi rahbari Janni Infantino bilan 5 may kuni o`tkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o`tkazish masalalari ko`rib chiqildi.

Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, iste`dodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash bo`yicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va to`liq qo`llab-quvvatladi.

Janni Infantino O`zbekiston etakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida g`alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdig`i ekanini ta`kidladi.

Uchrashuvda O`zbekiston futbol assosiasiyasi va FIFA o`rtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy futbod klasterini tashkil etish choralari ko`rilayotgani  alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

O`zbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Assosiasiyamiz salohiyatini oshirishga texnik ko`makni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar