AsosiyDunyo

Novosibirskda katta yoshli insonlar uchun bolalar bog`chasi ochildi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida katta yoshli insonlarga mo`ljallangan bolalar bog`chasi ochildi, deb xabar qiladi  “Lenta.ru”  nashri.

Hozircha Rossiya federasiyasida yagona bo`lgan bunday muassasani dasturchi vazifasida ishlovchi Evgeniy Pyatkovskiy ochgan. “Do`stlarim bilan uchrashganimizda qachon o`zimizni  baxtli deb his qilganimiz haqida bahslashdik. Shunda juda olis o`tmishda, bolaligimizda o`zimizni baxtli his qilganimizni angladik. Shunda kattalar uchun bolalar bog`chasi tashkil qilish g`oyasi tug`ildi”, deydi u. Pyatkovskiy bunday bolalar bog`chasini Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida ochishni ham rejalashtirgan.   

Bolalar bog`chasi oshxonasi menyusiga bolalar iste`mol qiladigan bo`tqa, kakao va turli pishiriqlar kiritilgan. Tarbiyalanuvchilar plastilindan turli o`yinchoqlar yasashadi, qo`shiq aytib, raqsga tushishadi, ijodiy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishadi. Tarbiyalanuvchilar yoshiga qarab, o`n kishilik guruhlarga bo`lingan. Tarbiyachilar ham uzoq yillar bolalar bog`chasida ishlagan tajribali xodimlardir. Bog`chaning bir kunlik haqi uch ming rublni tashkil etadi. Bunday bog`chalarga asosan 28 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan erkaklar va 23 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan ayollar tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar