AsosiyJinoyat

Yangiyo`lda 19 yoshli yigit voyaga etmagan qizni 10 kun bo`sh uyda ushlab turib, uni jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani aniqlandi

'Yangiyo`lda 19 yoshli yigit voyaga etmagan qizni 10 kun bo`sh uyda ushlab turib, uni jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida yashovchi 19 yoshli yigit 10 kun davomida voyaga etmagan qizni bo`sh uyda saqlab, uni o`zi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda “Nemolchi.uz”ga tayanib xabar qildi “Daryo”.

Qayd etilishicha, holat 15 apreldan 24 aprelga qadar davom etgan. Yigit butun jarayonni videotasvirga olgan va keyinroq qizni o`zi bilan yana yotishi uchun shantaj qilib kelgan. Shuningdek, qiz videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligi uchun yigitga 200 dollar pul bergan.

Jabrlanuvchi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganigan keyin, 2 may kuni gumonlanuvchi qizdan videoni tarqatmaslik uchun 2 million so`m olib, uni yana o`sha bo`sh uyga olib borganida ushlangan. Uning yonidan olingan pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Yigit nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi bilan ayblov e`lon qilingan. Mazkur ish bo`yicha sud 3 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha Yangiyo`l shahar sudida bo`lib o`tgan. Himoyachi ayblanuvchiga qamoqqa olish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyot chorasi qo`llanilishini so`ragan. Biroq sud prokurorning yigit og`ir turdagi jinoyatni sodir etgani uchun uni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish borasidagi talabini qanoatlantirgan.

    Boshqa yangiliklar