Toshkent viloyati Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 1991 yilda tug`ilgan Mirolim ismli shaxs 2022 yilning iyul oyida internet tarmog`i orqali mygovuz.net xosting generati Yagona interativ davlat xizmatlari orqali amaldagi transport vositalari oynalari tusini qoraytiruvchi ruxsatnomadan nusxa olib, fotoshop progammasi orqali ruxsatnomadagi ma`lumotlarni o`zgartirish yo`li bilan soxtalashtirib, 2022 yilning iyul oyidan 2023 yilning mart oyiga qadar, jinoiy sheriklari bilan jami 241 nafar fuqaroga ushbu qalbaki ruxsatnomalarni har birini 2 mln 400 ming so`mga sotib kelgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va 228-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






