Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, bugun, 17 may kuni soat 03:00 larda Toyloq tumanida erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan turmush o`rtog`ini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo`lgani haqida video tasvirlarini ko`rgan. Shundan so`ng xotini bilan telefon orqali janjallashgan.
So`ngra u turmush o`rtog`idan qasd olish maqsadida uyida uxlab yotgan 2 nafar voyaga etmagan o`g`lini (2015 va 2017 yillarda tug`ilgan) qasddan o`ldirgan. U bu haqida o`zi tuman Ichki ishlar boshqarmasiga borib ma`lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”,“v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi prosessual tartibida ushlangan.






