1

Qashqadaryoda hokimlik kotibi pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 23.05.2023, 18:04
Qashqadaryoda hokimlik kotibi pora bilan qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda Koson tuman hokimligining rahbar kotibi G`.G`. fuqaro N.Sh.ning 12 sotixli uy-joyining kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berish evaziga 3 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1