AsosiyJinoyat

Bo`stonliqda 1,2 mlrd so`mni o`zlashtirgan MChJ rahbari va sobiq nazoratchi aniqlandi

'Bo`stonliqda 1,2 mlrd so`mni o`zlashtirgan MChJ rahbari va sobiq nazoratchi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo`stonliq tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “A.I.” MChJ rahbari A.S., “S.S.” MChJ QK sobiq texnik nazoratchisi Z.X. va boshqalar hududdagi 2 ta MFYda suv ta`minoti tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 1,2 mlrd so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar