1

O`zbekistonning ikki hududida qariyb 500 mln. so'm subsidiya mablag`larini o`zlashtirgan korxona rahbarlari aniqlandi

Jinoyat 25.05.2023, 18:36
O`zbekistonning ikki hududida qariyb 500 mln. so'm subsidiya mablag`larini o`zlashtirgan korxona rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “Sh.G.” MChJ rahbari F.Sh. va boshqalar Navoiy viloyatidagi “N.A.” MChJ rahbarining elektron imzosini qo`lga kiritib, ushbu MChJga artezian quduqlarni qazish bo`yicha 641,6 mln so`m subsidiya ajratilishiga erishib, Jondor va Vobkent tumanlarida amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 341,1 mln so`m subsidiya mablag`ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Qamashi tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.Q.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari N.E. va boshqalar ijtimoiy himoyaga muhtoj 51 nafar fuqaroni ish bilan ta`minlash uchun ajratilgan 153 mln so`m subsidiya mablag`larini o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab talon-taroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1