1

⚡Toshkentda 12 yoshli qizni zo`rlab o`ldirgan shaxsga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 26.05.2023, 17:53
⚡Toshkentda 12 yoshli qizni zo`rlab o`ldirgan shaxsga sud hukmi o`qildi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkentda bedarak yo`qolgan 12 yoshli qizaloq o`lik holda topilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 2023 yil 26 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchi 1993 yilda tug`ilgan A.T.ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ma`lum qildi.

Unga ko`ra, ushbu jinoyat ishi JIB Yakkasaroy tuman sudining raisi A.Jalilov raisligida JPKning 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqildi.

Sud hukmiga ko`ra A.T. JKning 226-moddasi (ma`muriy nazorat qoidalarini buzish) 1-qismi, 137-moddasi (odam o`g`rilash) 3-qismi “b” bandi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi, 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 2-qismi “v” bandi va 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi “v”, “j”, “z”, “o” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) 4-qismi tartibida uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, JKning 34-moddasi (residiv jinoyat) 3-qismi “b” bandiga asosan A.T. o`ta xavfli residivist deb topilib, unga tayinlangan jazo maxsus tartibli koloniyada o`tattirilish belgilandi.

Bundan tashqari, JKning 96-moddasi (jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo`sindagi majburlov choralarini qo`llash)ga muvofiq A.T.ga jazoni o`tash joylarida alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi davolash choralari qo`llanilish belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1