Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qiduruv bo`limi hodimlari tomonidan viloyat hududida 2 ta transport vositasini olib qochgan shaxc aniqlandi.
2023 yilning 10 may kuni soat 20:20 lar atrofida viloyat boshqarmasi 102 xizmatiga VAZ 2103 avtomobili egasi o`g`irlik sodir etilganini ma`lum qilgan. Huddi shunday holat 12 may kuni Quyi Chirchiq tumanida ham sodir bo`lgan. Sergeli mahallasi hududida joylashgan dala maydonida turgan fuqaro o`ziga tegishli bolgan Nexia avtomobili noma`lum tomonga olib qochilganligini ma`lum qilgan.
Bu ikki holatda bog`liqlik borligi gumon qilinib tezkor qidiruv harakatlari boshlangan. Quyichirchiq tumani ichki ishlar bo`limi tezkor hodimlari tomonidan o`tkazilgan qidiruv davomida, Nexia avtomashinasini 1991 yil Toshkent shahrida tug`ilgan, fuqaroligi bo`lmagan shaxs olib qochganligi ma`lum bo`ldi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxs joriy yilning 10 may kuni Nurafshon shahrida VAZ 2103 avtomobilini olib qochganligi ham ma`lum bo`ldi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchining boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.