1

Shavkat Mirziyoev Erdog`anni Turkiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi

Siyosat 28.05.2023, 23:39
Shavkat Mirziyoev Erdog`anni Turkiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anni bugun bo`lib o`tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g`alabasi bilan samimiy qutladi.

Saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qo`llab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etildi.

Suhbatda O`zbekiston bilan Turkiya o`rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ham ko`rib chiqildi.

Oliy darajadagi Kengashning navbatdagi yig`ilishi kun tartibini tayyorlash maqsadida barcha darajalarda faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1