AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida erkak nogironligi bor tanishini pichoqlab o`ldirdi

'Toshkent viloyatida erkak nogironligi bor tanishini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida erkak sigir sabab o`z tanishini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, holat 22 may kuni sodir bo`lgan. Yuqori Chirchiq tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi 2-guruh nogironi bo`lgan erkakni boshqa bir mahallada yashovchi fuqaro pichoqlab o`ldirgan. Jinoyatni sodir etgan erkak 1990 yilda tug`ilgan bo`lib, marhum bilan qo`shni mahallada yashagan.

Hodisaga guvoh bo`lgan marhumning qizi voqea sabablarini aytib berdi. Unga ko`ra, holatga sigir sabab bo`lgan. Marhumning sigiri echilib ketib, uni olib kelish uchun qizini chaqirgan. Keyin gumonlanuvchi kelib, sigir masjidniki ekanligi, uni o`g`irlashganini aytgan. Oqibatda tortishuv sodir bo`lgan.

“Uni haydadim, keting, dedim. Pichoq tiqqanidan keyin yugurib kelib 102 ga telefon qildim. Qaytsam, dadam erda qonga belanib yotgan ekan. Akamga ham pichoq tiradi u kishi”, deydi marhumning qizi.

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar