Buxoroda erkak rashk sabab ayolini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 29.05.2023, 13:31
Buxoroda erkak rashk sabab ayolini pichoqlab o`ldirdi

28 may kuni soat 17:30 larda 1992 yilda tug`ilgan Sh.X. 1991 yilda tug`ilgan turmush o`rtog`i, ikki nafar farzandning onasi bilan rashk tufayli o`zaro tortishib, janjal qilgan. Bu haqda Bosh prokurorining matbuot kotibi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, janjal paytida er oshxona pichog`i bilan turmush o`rtog`ining tanasining turli sohalariga (ko`krak, bo`yin, qo`l) bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan.

Shuningdek, ajratish maqsadida harakat qilgan gumonlanuvchining onasi O.X. ham o`ng bilak sohasidan jarohat olib kasalxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan 28 may kuni shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, erkak Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1