AsosiyShou-biznes

Jahongir Otajonov: “Hech qachon konsertlarim uchun yangi kiyim sotib olmaganman”

Jahongir Otajonov konsert oldi matubot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, xonanda konsertlarida yangi kiyim kiymasligi haqida ham gapirdi.   

“Dunyo sahnalaridagi konsertlarni kuzatganimda bir narsaga amin bo`lganman, ularda asosiy maqsad — kuy va qo`shiq bilan muxlisni rom qilish. Buning uchun esa avvalo san`atkor o`ziga ishonishi kerak. Tomoshabin ikki soat jonli ijrodagi konsert tugagani sezmay qolishi kerak. Mening konsertlarimdagi yangiliklar bu mening yangi qo`shiqlarim. Ortiqcha hashamlar, sahna bezaklarini yoqtirmyaman. Konsertimda hatto yangi libos ham kiymayman, o`zimni qulay his qilgan kiyimimda konsert beraman. Rejissyorlar bilan ishlamayman. Sahnada ichki tuyg`ularimga va o`z g`oyalarimga ishonaman va ular asosida ish tutaman, oldindan ssenariy ham bo`lmaydi. Oldindan rejalashtirib, harakat qilish uchun kishi aktyor bo`lish kerak, menda esa aktyorlik qobiliyati yo`q. Menda asosan improvizasiya. Ba`zida musiqachilarim hazillashib “asboblarniyam o`zingiz chala qoling” deyishadi. 

Jahongir Otajonovning boshqa qiziqarli savollarga original javoblarini “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 41-sonida o`qishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar