1

Kitob shahrida 20 yoshli yigit 25 yoshli yigitni pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 31.05.2023, 18:15
Kitob shahrida 20 yoshli yigit 25 yoshli yigitni pichoqlab o`ldirdi

29 may kuni soat 10:00da 20 yoshli erkak Kitob shahridagi “Sport majmuasi” oldida o`zaro tortishuv oqibatida 25 yoshli erkakni pichoq bilan qasddan o`ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar bermoqda.

Shuningdek, darakchi.uz manbasining qo`shimcha qilishicha, janjal qiz  sabab yuzaga kelgan. Ya`ni pichoqlangan yigit qizga "gap otib" yurgan. Bundan xabar topgan qizning qarindoshi u yigitni bir necha bor uchrashuvga chaqirib gaplashib kelishib olishga urunib ko`rishgan. Ammo shunday uchrashuvlarning navbatdagisida qarindosh bo`lgan 20 yoshli yigit, 25 yoshli yigitni qizning ko`z o`ngida pichoqlab tashlaydi. Bo`lgan voqeadan so`ng ikki qarindosh  tez yordam chaqirib, pichoqdan zarba egan yigitga yordam berishga harakat qilishadi. Ammo 25 yigit olgan jaroxatlari tufayli vafot etadi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi shaxs prosessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1