AsosiyJamiyat

"Uning davlat ro`yxatidan o`tgan firmasi bo`lsa, xursand bo`linglar. Demak poraga ehtiyoji yo`q"

'"Uning davlat ro`yxatidan o`tgan firmasi bo`lsa, xursand bo`linglar. Demak poraga ehtiyoji yo`q"'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e`lon qilingan Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Hukumat qarori bilan taqiqlanganligiga qaramay, 2016 yilda tashkil etilgan “Koba san`at majmuasi” MChJga 100 foizlik ulush bilan ta`sischi bo`lib kelgani haqida habar  jamaotchilikning keskin muhokamalariga sabab bo`ldi. 

Yulduz Usmonova hamkasbi Ozodbek Nazarbekov atrofidagi gap-so`zlarga o`z munosabatini bildirdi.

Xonanada Ozodbek Nazarbekovga “ataka” bo`layotganini eshitib, fikr bildirishga qaror qilganligini aytdi. 

" Ozodbek vazir bo`lib kelishidan oldin qorni to`q, xalq sevgan hofiz edi. Unga yaxshigina pul kelib turardi, o`ziga tinch edi”, deydi Yulduz Usmonova. U vazir bo`lgani beri boshi g`alvadan chiqmadi. Lekin u amalda o`tirib, bir narsani eb qo`yganiga hech aqlim etmaydi. Bu noto`g`ri narsa.

U gadoy, hech nimasi yo`q emas. Atrofdagilar eyishi mumkin. O`zi emaydi. Bundan oldingilarni bilaman... Masalan, u davlatni suiiste`mol qilib, firmadan pul qiladigan bo`lsa, biz bilmasligimiz mumkin edi”, dedi Yu.Usmonova.

Bundan tashqari, Yulduz Usmonova muhokamalarga bildirgan fikrini davom ettirar ekan O. Nazarbekovning davlat ro`yxatidan o`tgan firmasi bo`lgani, uni  poraga ehtiyoji yo`qligini ko`rsatishini aytadi.  

"Lekin Ozodbekni dilini og`ritib qo`ymanglar. U vazir bo`libdiki, hamma cho`qiydi. Uni tepa ham cho`qiydi. Bu oson narsa emas. Bu erda biz cho`qisak, siz cho`qisangiz kim o`tirib ishlaydi. O`z vaqtida o`g`irlagan odamlarni hech kim gapirmadi. Bu borada men taniydigan odamlar o`lib ham ketdi. Lekin shu bugun Ozodbekni joyi kimgadir kerak bo`lib qoldi”, deydi Yu.Usmonova.

 

    Boshqa yangiliklar