Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “CH.D.” MChJ rahbari R.N. “1-A.” UKga qarashli binoni ijara shartnomasi asosida foydalanib kelib, o`zining moddiy javobgarligida bo`lgan 300 metr rels va 1 dona qurilish kranini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
02.06.2023 10:46
Chirchiqda unitar korxonaning 207,3 mln so`mlik mulkini o`zlashtirgan MChJ rahbari qo`lga tushdi
