1

Toshkentda yo`l o`rtasida tomosha ko`rsatib, sun`iy tirbandlik yuzaga keltirgan tiktokerning ishi sudga oshirildi (video)

Jinoyat 02.06.2023, 14:26
Toshkentda yo`l o`rtasida tomosha ko`rsatib, sun`iy tirbandlik yuzaga keltirgan tiktokerning ishi sudga oshirildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi piyodalar o`tish yo`lida bir qizga turmushga chiqish taklifini berib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligini aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 31 may kuni Chilonzor tumani, Chilonzor metro bekati oldidagi yo`l qatnov qismining piyodalar o`tish joyida, 19 yoshli yigit va uning 23 yoshli tanishi ushbu videoni tasvirga olgan.

IIB xulosasiga ko`ra, ushbu ikki fuqaro jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, go`yoki o`zini oyog`i singan holatda ko`rsatib, yo`l qatnov qismida tirbandlik bo`lishiga sababchi bo`lgan hamda yo`l harakati qatnashchilarining hayotini xavf ostiga qo`ygan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko`rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1