- Miya faoliyati uchun. Ertalab nonushta qilsangiz, kun davomida xabarlarni eslab qolish qobiliyatingiz oshadi.
- Immunitetni oshiradi. Har kuni nonushta qilishga odatlansangiz, immunitetingiz oshadi, natijada tushkunlikka tushmaysiz, turli kasalilklarga ham chalinmaysiz.
- Xavfsizlik uchun. Aniqlanishicha, uydan qorni to`q chiqqan kishilar avtohalokatga kamroq uchrar ekan.
- Ishinigiz unadi. Chunki sizda energiya zaxirasi paydo bo`lib, ishlash layoqatingiz 30 foizga oshadi. Yana, ishxonada to tushlikkacha nimalardir eb, vaqt sarflamaysiz.
- Organizm faollashadi. Ertalab qornimni to`ydirib olsam, ortiqcha kaloriyalarni «qo`lga kiritaman» deb o`ylamang. Aksincha, qancha kech nonushta qilsangiz, shuncha kech ish boshlaysiz. Va organizm dangasalashadi.
- Kuch bag`ishlaydi. Agar siz tongda hech narsa emaslikka odatlangan bo`lsangiz, kundan kunga organizmingiz kuchsizlanadi.
- Ishtahangiz nazoratda bo`ladi. Shifokorlarning aniqlashicha, ertalab nonushtaga tuxum iste`mol qilsangiz, kun davomida kamroq ovqat tanovul qilarkansiz. Grechixa, guruch yoki suli yormasidan bo`tqa esangiz, yog`li taomlarni inkor qilarkansiz.
- Go`zallik uchun. Agar ertalab nonushta qilmasangiz, organizmingiz uyqudan uyg`onmaydi va harakatga kirishmaydi. Natijada, yog` yig`iladi. Va ular, soch, yuzlaringizda aks etadi.
- Kayfiyatingiz ko`tariladi. Musiqa tinglab, nonushta tayyorlash va ovqatlanish xush kayfiyat bag`ishlashi aniq!
11.10.2016 09:50