AsosiySalomatlik
12786

Tirnoqlarda aks etgan tashxis...

Har bir barmog`imiz ma`lum bir ichki a`zo bilan bevosita bog`langan. Masalan, bosh barmoq — miya, ko`rsatkich barmoq — o`pka, o`rta barmoq — ingichka ichak, nomsiz barmoq — yurak, kichik barmog`imiz esa buyrak bilan aloqador. Ularning bu bog`lanishi oqibatida a`zolardagi turli salbiy o`zgarishlar tirnoqlarda ham aks etadi.

•        Sarg`ish-jigarrang tusdagi tirnoq — zamburug`li kasalliklardan, psoriaz, dermatoz, gepatit bilan og`rish oqibati, chekish va antibiotiklarni ko`p qabul qilinganidan dalolat.

•        Tirnoqdagi bo`ylama chiziqlar ovqatni yaxshi hazm qilmaslik, ovqatlanish tartibiga rioya etmaslik, boshlang`ich revmatizm va tishlardagi muammolardan darak beradi.

•        Tirnoqdagi ko`ndalang chiziqlar buyrak, jigar, oshqozon-ichaklar faoliyatidagi buzilishlar natijasida paydo bo`ladi.

•        Yurak va o`pkada kasalliklar bo`lsa, tirnoqlar haddan ortiq qavarib, bo`rtib chiqadi.

•        Botiq tirnoq esa organizmda temir moddasi kamligidan yuzaga keladi. 

•        Tirnoqning rangsizligi, xiraligiga qamqonlik sabab bo`ladi.

•        Tirnoqlar ostidagi terining qizarib ketishi qon bosimi oshganida kuzatiladi.

•        Ko`kish tusdagi tirnoqlar egasining yuragi nimjon bo`lishi mumkin.

•        Tirnoq ustidagi oq dog`lar organizmda ruh moddasi kamligidan yuzaga keladi, aynan shu modda tirnoqlar mustahkam bo`lishiga javob beradi.

•        Tirnoq o`sib chiqadigan joydagi yarim oy shakli katta bo`lsa taxikardiya, umuman bo`lmasligi yurak nevrozi natijasi hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar